“Green” texnik kolleji

“Green” texnik kolleji

“Green” texnik kollejlari va “Eko-madaniyat” umumrespublika loyihasi — texnik ta’limdan Green University bakalavriat dasturlariga o‘tish yo‘llari.

PQ-110-sonli qaror (2026-yil 25-mart)

“Umumrespublika ‘Eko-madaniyat’ loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va xabardorlikni jadallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”

Ushbu qarorga muvofiq, 14 ta “green” texnik kollejlari Markaziy Osiyo Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi universitetiga (Green University) biriktirilgan.

Asosiy yo‘nalishlar

Universitetda birinchi kursda o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan fanlar “green” texnik kollejlari ikkinchi kurs o‘quv dasturiga maxsus kurslar sifatida joriy etiladi.

“Green” texnik kollejlari bitiruvchilari, agar ular o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, kamida B2 darajadagi ingliz tilini bilish darajasiga ega bo‘lsalar, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (GPA) asosida bakalavriat bosqichining ikkinchi kursidan ta’limni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ikki yillik dastur tuzilmasi

  • Birinchi yilda — 50% nazariy va 50% amaliy tayyorgarlik
  • Ikkinchi yilda — 30% nazariy va 70% amaliy tayyorgarlik

“Green” texnik kollejlari turli hududlarda tashkil etilgan botanika va dendrologiya bog‘lariga biriktirilgan holda belgilanadi.

Amaliy tayyorgarlik yo‘nalishlari

“Green” texnik kollejlari talabalari uchun amaliy tayyorgarlik Ekologiya qo‘mitasi va Fanlar akademiyasi tizimida quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

  • O‘rmon xo‘jaliklari
  • Gidrometeorologik stansiyalar
  • Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
  • Chiqindilarni utilizatsiya qilish poligonlari
  • Botanika va dendrologiya bog‘lari
  • Hayvonot bog‘lari
  • Botanika va Zoologiya institutlarining amaliyot bazalari

O‘zbekiston bo‘ylab “Green” texnik kollejlari

“Green” texnik kollejlari ro‘yxati (2026/2027 o‘quv yilidan boshlab)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ-110-son qaroriga 1-ilova

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab quyidagi “Green” texnik kollejlari orqali ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohalarida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash tizimi joriy etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Green” texnik kolleji

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ellikqal’a tumani

Ellikqal’a raqamli texnologiyalar texnikumi

Andijon viloyatining “Green” texnik kolleji

2. Andijon viloyati

Izboskan tumani

Izboskan tumani 3-son texnikumi

Buxoro viloyatining “Green” texnik kolleji

3. Buxoro viloyati

Buxoro tumani

Buxoro tumani 2-son texnikumi

Jizzax viloyatining “Green” texnik kolleji

4. Jizzax viloyati

Zomin tumani

Zomin tumani 2-son politexnik texnikumi

Qashqadaryo viloyatining “Green” texnik kolleji

5. Qashqadaryo viloyati

Qarshi tumani

Qarshi tumani 2-son politexnik texnikumi

Navoiy viloyatining “Green” texnik kolleji

6. Navoiy viloyati

Karmana tumani

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi

Namangan viloyatining “Green” texnik kolleji

7. Namangan viloyati

Norin tumani

Norin tumani 3-son texnikumi

Samarqand viloyatining “Green” texnik kolleji

8. Samarqand viloyati

Samarqand shahri

Samarqand shahri 5-son texnikumi

Sirdaryo viloyatining “Green” texnik kolleji

9. Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani

Boyovut tumani 2-son politexnik texnikumi

Surxondaryo viloyatining “Green” texnik kolleji

10. Surxondaryo viloyati

Sherobod tumani

Sherobod tumani 3-son texnikumi

Farg‘ona viloyatining “Green” texnik kolleji

11. Farg‘ona viloyati

Qo‘shtepa tumani

Qo‘shtepa tumani 1-son texnikumi

Xorazm viloyatining “Green” texnik kolleji

12. Xorazm viloyati

Urganch tumani

Urganch tumani 4-son texnikumi

Toshkent viloyatining “Green” texnik kolleji

13. Toshkent viloyati

Quyi Chirchiq tumani

Quyi Chirchiq tumani 1-son texnikumi

Toshkent shahrining “Green” texnik kolleji

14. Toshkent shahri

Shayxontohur tumani

Toshkent gidrometeorologiya texnikumi